Savdo platformamizda qanday qilib to‘lovni amalga oshirish mumkin?

To‘lov usullari:

Mahsulot tanlash: Kerakli mahsulotni toping va 'Sotib olish' tugmasini bosing.

img

Agar qo‘shimcha buyurtmalarni qilishni xohlasangiz, savatcha ikonkasini tanlang.

img

Buyurtma berish: Mahsulotni tanlaganingizdan so‘ng, avtomatik ravishda buyurtma berish sahifasiga o‘tasiz.

img

Shundan so‘ng, to‘lov summasini ko‘rsatilgan kartaga o‘tkazishingiz kerak bo‘ladi.

img

To‘lovni ushbu ilovalar orqali amalga oshirishingiz mumkin:

img

Yoki istalgan bank ilovalari orqali to‘lovni amalga oshirishingiz mumkin:

img

Kartamizga pul o‘tkazganingizdan so‘ng, chekning skrinshotini oling:

img

Va uni platformamizdagi chek yuklash bo‘limiga yuklang:

img

Chekni yuklaganingizdan so‘ng, to‘lovingiz va buyurtmangiz 9:00 dan 19:00 gacha ko‘rib chiqilib, tasdiqlanadi. Platformamizda nafaqat plastik karta, balki naqd pul bilan ham to‘lov qilishingiz mumkin. Buning uchun mahsulotlarni tanlab, savatchaga qo‘shing va ofislarimizga tashrif buyuring, u yerda siz pulni topshirishingiz mumkin. Biz chek beramiz va darhol buyurtmani rasmiylashtiramiz. Hozirgi kunda ofislarimiz faqat Qo‘qon va Toshkent shaharlarida joylashgan.